Propan gazi narxi belgilandi: aholi uchun yangi tartib
Hukumat tabiiy gaz yetkazilmagan hududlarda elektr energiyasining bazaviy me'yorini 350 kVt·soatgacha oshirdi va 15-noyabrdan aholi uchun propanning chakana narxini kilogrammiga 5 000 so'm etib belgiladi.
Hukumat aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta'minlashni bozor tamoyillari asosida bosqichma-bosqich joriy etish bo'yicha ikkita qaror qabul qildi.
1-noyabrdan tabiiy gaz mavjud bo'lmagan yoki yetkazib berish qiyin bo'lgan hududlarda elektr energiyasining bazaviy me'yori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshirildi.
15-noyabrdan aholiga sotiladigan propanning chakana narxi QQS bilan birga kilogrammiga 5 000 so'm etib belgilandi. LPG-Trade MChJ suyultirilgan gazni yetkazib berish xizmati uchun kilogrammiga QQS bilan 1 300 so'm narx belgiladi.
Ehtiyojmand oilalarga xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 so'mdan, oyiga 20 kilogrammgacha kompensatsiya to'lanadi.
Manba: Kun.uz