Dushanba, 2-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 20:24 1 marta oʻqildi

Samarqandda 55 kg dan ortiq narkotik topildi, ikki kishi ushlandi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida ikki kishi 55,75 kilogramm opiy va gashish bilan ushlangan. Ular dala maydonida yashirilgan giyohvand moddalarni olayotganda qoʻlga olingan.

Ichki ishlar vazirligi xabariga koʻra, tezkor tadbir davomida ikki kishi Lacetti avtomobilida dala maydoniga kelib, oldindan belgilangan joyga yashirilgan 41,2 kg opiy va 14,55 kg gashishni olayotganda ushlangan.

Gumonlanuvchilar bir yildan beri Oʻzbekiston hududida giyohvand vositalarini tarqatish bilan shugʻullangan. Ular chet eldagi rahbarlarning koʻrsatmasiga binoan moddalarni belgilangan shaxslarga yetkazib, turli hududlarga tarqatishi kerak boʻlgan.

Organlarning maʼlumotiga koʻra, jami 55,75 kg opiy va gashish 235 ming dozaga teng boʻlib, ularning aholi orasiga tarqalishiga yoʻl qoʻyilmagan. Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ilgari ham Samarqandda yuk mashinasida olib kirilgan 20 kg dan ortiq narkotik aniqlangan edi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid