AQShda saylovlar nega seshanba kuni oʻtkaziladi?
AQShda prezidentlik va Kongress saylovlari noyabr oyining birinchi dushanbasidan keyingi seshanba kuni oʻtkaziladi. Bu tartib 1845-yilgi qonun bilan mustahkamlangan, uning sabablari esa XIX asr hayoti bilan bogʻliq.
Dastlab shtatlar prezidentlik saylovlarini turli oylarda oʻtkazgan. Natijalar bir shtatda ma'lum boʻlganda boshqalarida ovoz berish davom etgani uchun siyosiy taʼsir va firibgarlik xavfi paydo boʻlgan. Shu sababli Kongress barcha shtatlar uchun yagona saylov kunini belgilashga qaror qildi.
1845-yil 23-yanvarda AQSh Kongressi bu kunni qonun bilan belgiladi, birinchi umumiy prezidentlik saylovi esa 1848-yil 7-noyabrda shu tartib asosida oʻtkazildi.
Noyabr oyi qishloq xoʻjaligi ishlari tugagan, lekin qishki sovuqlar hali boshlanmagan davr boʻlgani uchun qulay hisoblangan. Yakshanba diniy ibodat va dam olish kuni edi, transport esa ot va aravaga tayangani sababli bu kunda uzoq yoʻlga chiqish maʼqul koʻrilmagan.
Manba: Kun.uz