Aziz Rametov oilasi, muhabbat tarixi va farzandlari haqida gapirdi
Aktyor Aziz Rametov va uning rafiqasi Shahlo Rametova «Ikkalamiz» loyihasiga bergan intervyuda tanishuv hikoyasi va oilaviy hayoti haqida so‘zlab berdi. Juftlikning hozirda uchta farzandi bor.
Aziz Rametov yoshligida tasodifan uchrashgan bir qizga, uylansam sizga uylanaman, degan niyatini aytganini eslagan. Yillar o‘tib, u va Shahlo turmush qurgach, ayol o‘sha qiz aynan o‘zi bo‘lganini aytgan.
Intervyuda Rametov ijodning eng faol davrida rafiqasining xavotiri tufayli deyarli besh yil san’atdan uzoqlashganini ham ochiq aytgan. U klip va filmlarda suratga tushishni to‘xtatib, asosiy e’tiborini oilasi va otasining sog‘lig‘iga qaratganini bildirgan.
Hozir juftlikda uch farzand — ikki o‘g‘il va bir qiz tarbiyalanmoqda. Aziz Rametov farzandlar tarbiyasida ota-onaning shaxsiy namunasi muhimligini ta’kidlagan. Shuningdek, u farzandlari kelajakda san’atni tanlasa, qarshi emasligini aytgan.
Manba: Daryo