Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Oʻzbekiston Bugun, 10:17 1 marta oʻqildi

Samarqandda maxsus xizmatlar rahbarlari uchrashadi

5–6-noyabr kunlari Samarqandda SHT doirasida xavfsizlik masalalari boʻyicha «SHT plyus» birinchi ekspertlar muloqoti boʻlib oʻtadi. Unda 24 davlatdan 33 ta delegatsiya va beshta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Muloqotni Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari, general-polkovnik B. Qurbonov boshqaradi. Uchrashuvda SHTga aʼzo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar va muloqot boʻyicha hamkorlarning maxsus xizmatlari rahbarlari hamda vakillari qatnashadi.

Asosiy mavzu raqamli transformatsiya sharoitida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashdir. Ishtirokchilar ilgʻor texnologiyalar va sunʼiy intellektning zamonaviy tahdidlarga taʼsirini muhokama qiladi. Muzokaralar yakunida xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi hamkorlikning aniq vazifalari hamda ustuvor yoʻnalishlari belgilanishi rejalashtirilgan.

Ushbu format gʻoyasini Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda SHTning Ostona sammitida ilgari surgan. 2025-yilda Tyanszinda oʻtgan sammitda esa birinchi muloqotni Samarqandda tashkil etish taklif qilingan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid