Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 09:22 1 marta oʻqildi

Demokratlar Kongressning ikkala palatasida ustunlikka yaqinlashmoqda

AQShda 3-noyabrda boshlangan oraliq saylovlarda demokratlar Kongressning ikkala palatasida ham ustunlikka erishmoqda. Ovozlarni sanash hali yakunlanmagan.

Toshkent vaqti bilan 4-noyabr soat 09:00 holatiga koʻra, Senatda demokratlar 46 ta, respublikachilar 37 ta oʻrinni egallab turibdi. Palata ustidan nazoratni qoʻlga olish uchun demokratlarga yana toʻrtta oʻrin yetishmaydi. Bu saylovda Senatning 100 ta oʻrnidan 35 tasi uchun ovoz berildi.

Quyi palata — Vakillar palatasining 435 ta oʻrnidan demokratlar 140 ta, respublikachilar 78 ta okrugda gʻalaba qozondi. Soʻnggi saylov uchastkalari Toshkent vaqti bilan soat 10:00da yopiladi.

Ovozlar sanogʻi hali tugamagan boʻlsa-da, New York Times natijalarni Donald Tramp uchun umummilliy ogohlantirish deb baholadi. Prognozlarga koʻra, demokratlarning ikkala palatani nazorat qilish ehtimoli 95 foizdan yuqori.

Hozirda Kongressning ikkala palatasi ham respublikachilar nazoratida. Agar demokratlar 3-yanvarda Vakillar palatasini egallasa, Tramp ikkinchi muddatida ilk bor Kongressni toʻliq nazorat qila olmay qoladi. AQShning eng soʻnggi saylov uchastkalari Alyaska shtatida Sharqiy vaqt bilan 4-noyabr kuni soat 01:00da yopilgan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid