Imarat Development rahbari uchun sud qamoq choralarini tanladi
Mirobod tuman sudi Imarat Development loyihasi rahbari Marat Hamdamovga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qoʻllash haqida ajrim chiqardi. Qaror 2-noyabr kuni qabul qilindi.
Marat Hamdamov bu ajrimdan oldin protsessual tartibda ushlangan edi. Jinoyat ishi 1-noyabr kuni Toshkent shahar IIB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 192-11-moddasi (vakolatini suiiste'mol qilish) bilan qoʻzgʻatilgan.
Xabarlarga koʻra, kompaniya qurayotgan xonadonlar mijozlarga shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda topshirilmagan. Xaridorlarning ta'kidlashicha, kompaniyaning loyihalaridan biri Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida amalga oshirilayotgan boʻlsa-da, u poytaxtda joylashgandek taqdim etilgan.
Manba: Kun.uz