Ronaldu oʻgʻli birinchi marta Portugaliya U-17 jamoasiga chaqirildi
Kristiano Ronaldu oʻgʻli Kichik Ronaldu birinchi marta Portugaliya U-17 terma jamoasiga chaqirildi. U UEFA U-17 Yevropa chempionatining saralash bosqichi uchun tuzilgan tarkibga kiritildi.
Yaqinlashib kelayotgan saralash bosqichi uchun tuzilgan terma jamoa tarkibiga yigit birinchi marta kiritildi.
Avval u Portugaliya U-15 jamoasi safida 4 ta oʻyinda ishtirok etib, 2 ta gol urgan. U-16 jamoasi safida esa 9 ta oʻyinda qatnashib, 3 ta gol kiritgan.
Hozir u otasi singari “Al-Nassr” klubining yoshlar jamoasida futbol oʻynaydi. Joriy mavsumda 7 ta oʻyinda maydonga tushgan va 3 marta raqib darvozasiga toʻp kiritgan.
Eslatib oʻtamiz, Kristiano Ronaldunning oʻzi ham noyabr oyida oʻtkaziladigan yigʻinga Portugaliya milliy jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritilgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Daryo