Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Tenerife futbolchisi o‘yindagi to‘qnashuvdan keyin vafot etdi

Ispaniyaning “Tenerife” klubi hujumchisi Xesus de Migel 3-noyabr kuni vafot etdi. U 2-noyabrdan beri kasalxonaning reanimatsiya bo‘limida hushsiz holatda edi.

Futbolchi Ispaniya ikkinchi divizionining 12-turida “Andorra”ga qarshi o‘yinda darvozabon bilan to‘qnashib, hushini yo‘qotgan. Unga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, yuragi ma’lum vaqt urishdan to‘xtab qolgan.

Futbolchi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan. Avvalroq u mustaqil nafas olayotgani haqida xabar berilgan edi, biroq hushiga qaytmagan.

Klubning rasmiy veb-saytida xabar qilinishicha, Xesus de Migel 3-noyabr kuni soat 8:00 da vafot etgan. Futbolchi 21-sentabrda 30 yoshga to‘lgan edi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid