Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

CAU QS Asia 2027 reytingida Markaziy Osiyoning TOP-70 taligiga kirdi

Central Asian University (CAU) QS World University Rankings: Asia 2027 reytingida Markaziy Osiyoning eng yaxshi 70 ta universiteti qatoriga kirdi. Universitet mintaqada 66-o'rinni egalladi va O'zbekistonning xususiy oliy ta'lim muassasalari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

Reyting 3-noyabr kuni QS agentligi tomonidan e'lon qilingan. CAU 2019-yilda tashkil etilgan bo'lib, ushbu natija universitetning ta'lim, ilmiy tadqiqot va xalqaro hamkorlik sohalaridagi faoliyatini aks ettiradi.

Universitetning xalqaro o'qituvchilar tarkibi Osiyo bo'yicha TOP-100 talikka kirdi: International Faculty Ratio ko'rsatkichi bo'yicha u 95-o'rinni egalladi. Hozirda CAU o'qituvchilarining 19,6 foizi xorijiy mutaxassislar bo'lib, mintaqa universitetlari bo'yicha mediana ko'rsatkich 4,9 foizni tashkil etadi.

Ilmiy samaradorlik bo'yicha, tahlilga kiritilgan 580 ta ilmiy nashr va 10 029 ta iqtibos asosida, har bir o'qituvchiga to'g'ri keladigan nashrlar soni 4,6 ta bo'lgan, bu mintaqaviy mediana 3,3 dan yuqori. Xalqaro ilmiy aloqalar ko'rsatkichi bo'yicha esa universitet 42,9 ball to'pladi va bu uning eng yuqori ikkinchi natijasi bo'ldi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid