Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Rafael Nadal “Real Madrid” direktorlar kengashiga tayinlanmoqda

Ispaniyalik afsonaviy tennischi Rafael Nadal “Real Madrid” direktorlar kengashi aʼzoligiga qabul qilinishi kutilmoqda. Klubning kengashi bu masalani aʼzolarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritdi.

“Katta dubulgʻa” turnirlarining 22 karra gʻolibi Nadalning nomzodi yaqin orada oʻtadigan umumiy yigʻilishda rasman tasdiqlanishi kutilmoqda. Klub bu tayinlovni sport va inson fazilatlari yuksak baholangan shaxsga bagʻishlangan muhim qadam sifatida izohladi.

Nadal karyerasi davomida 14 marta “Roland Garros” turnirida gʻalaba qozongan. U ikki karra Olimpiada chempioni ham hisoblanadi: 2008 yilda Pekinda yakkalik va 2016 yilda Rio-de-Janeyroda juftlik bellashuvlarida.

Tennischi 2024 yil noyabr oyida professional faoliyatini yakunlashini rasman eʼlon qilgan edi. Uning soʻnggi uchrashuvi Davis kubogi chorak finali doirasida niderlandiyalik Botik van de Zandshulpga qarshi boʻlgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid