Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Toshkentda ruxsatsiz qazish ishlari: mas’ullarga nisbatan chora

Mirzo Ulug‘bek tumanida elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tegishli ruxsatnomasiz qazish ishlarini olib borgani aniqlandi. Korxonaning mas’ul xodimiga nisbatan ma’muriy protokol tuzildi.

Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumanida qazish ishlaridan keyin yo‘l qayta tiklanmagani haqida “Daryo”ga murojaat kelib tushgan. Shundan so‘ng Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi holatni o‘rgangan.

Aniqlanishicha, “Nurli zamin” ko‘chasida tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tegishli ruxsatnomasiz qazish ishlarini olib borgan. Korxonaning mas’ul xodimiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi bilan bayonnoma tuzilgan.

Yo‘l o‘z vaqtida tiklanmagani uchun tuman obodonlashtirish boshqarmasi yo‘l bo‘limi boshlig‘i ham ma’muriy jazoga tortilgan. Inspeksiya xodimi Zahriddin G‘aybullayevning ta’kidlashicha, yo‘llarda qazish ishlarini boshlashdan oldin belgilangan tartibda ruxsatnoma olish shart. Qazilgan joylar boshqarma tomonidan ta’mirlanib, asl holatiga qaytarilgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid