Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Olmazorda yo‘lni to‘sgan 8 kishi 7 sutkaga qamaldi

Toshkentning Olmazor tumanida avtomobil yo‘lini to‘sib, transport harakatiga xalaqit bergan sakkiz nafar shaxsga sud qarori bilan 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Toshkent shahar IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea Gulsaroy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Fuqarolar yo‘lning qatnov qismini to‘sib, jamoat tartibini buzgan. Ularning harakatlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha malakalangan.

Huquqbuzarlardan biri kelinning uyidan chiqayotganda xursandchilikka berilib, yo‘lni to‘sib qo‘yganini aytgan. U bunday oqibatga olib kelishini o‘ylamaganini va qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan.

Sud qarori bilan sakkiz nafar huquqbuzarning har biriga 7 sutkadan ma’muriy qamoq tayinlangan. Jazo muddati 2026-yil 3-noyabrdan hisoblanadi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid