Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 09:12 1 marta oʻqildi

Yevropada 7 ta samolyotga portlash haqida soxta xabarlar keldi

3-noyabr kuni Yevropada kamida yettita samolyotda portlovchi qurilma borligi haqida soxta xabarlar olingan. Ulardan to‘rttasi Ryanair aviakompaniyasiga tegishli.

Deutsche Welle xabar berishicha, barcha samolyotlar Yevropa shaharlari o‘rtasida parvoz qilayotgan edi. Ikkitasi Varshavaga, to‘rttasi Sofiya va Rimga, bittasi esa Ispaniyaning Mursiya shahriga yo‘l olgan.

Londondan Varshavaga ketayotgan LOT samolyoti Shopen aeroportiga emas, Varshava-Modlin aeroportiga yo‘naltirilgan, qo‘nishdan so‘ng aeroport tekshiruv vaqtida yopib qo‘yilgan. Kopenhagendan kelgan SAS samolyoti Shopen aeroportiga qo‘ndirilgan, bortida xavfli buyum topilmagan. Ryanair’ning yana uchta samolyoti ham tekshirilgan.

2-noyabr kuni ham samolyotda bomba borligi haqida xabar kelgan. Londondan Sofiyaga uchayotgan Wizz Air samolyoti Budapesht aeroportiga favqulodda qo‘ndirilgan, tekshiruvda portlovchi moddalar topilmagan.

Reuters agentligiga bildirilishicha, xabarlarda aniq davlat, aviakompaniya yoki yo‘nalish nishonga olinmagan, bu esa asosiy maqsad havo qatnovini izdan chiqarish bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Soxta xabarlarni kim yuborgani hozircha aniq emas.

Manba: Daryo

Mavzuga oid