Ferran Torres “Barselona”ga qaytishni o‘ylamoqda
Ispaniyalik hujumchi Ferran Torres Parijdagi muvaffaqiyatsiz davridan so‘ng “Barselona”ga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Sport nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 26 yoshli futbolchi “Pari Sen-Jermen”dagi bir necha oylik faoliyatidan so‘ng samaradorligi pasayganidan keyin klubga o‘tish qarori yuzasidan afsuslana boshlagan.
Torres mavsumni yorqin boshlagan: dastlabki 6 ta o‘yinda 7 ta gol urgan, biroq bu sur’atni saqlay olmagan. So‘nggi 6 ta uchrashuvda u gol urmagan. Uning PSJ bilan shartnomasi 2031-yilgacha amal qiladi, shu sabab qaytish uchun ikki klub o‘rtasida kelishuv zarur.
Eslatib o‘tamiz, Torres “Barselona”da 207 ta rasmiy o‘yinda 65 ta gol urgan. PSJ uni 2026-yil avgustda 48,5 million yevroga sotib olgan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda 7 ta gol urib, 1 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt portali uning hozirgi bozor qiymatini 55 million yevro deb baholamoqda.
Manba: Daryo