Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Kodzo Tasima FIFA prezidentligiga nomzodini ilgari surdi

Yaponiya futbol assotsiatsiyasining sobiq rahbari Kodzo Tasima FIFA prezidentligiga nomzodini ilgari surdi. U buni Tokioda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

FIFA prezidentligi uchun navbatdagi saylovlar 2027-yil martida boʻlib oʻtadi, nomzodlar 18-noyabrgacha ariza topshirishlari mumkin. Hozirda tashkilotga shveysariyalik Janni Infantino rahbarlik qilmoqda.

Tasimaning qarorida 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ikkita yirik nizo muhim oʻrin tutgan: AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi bekor qilingani hamda Eron terma jamoasining AQShga kirishiga qoʻyilgan cheklovlar. Tasima katta pullar va biznes hukmronlik qilayotgan davrda sport oʻz halolligini saqlashi shartligini taʼkidlagan.

Jurnalist maʼlumotiga koʻra, Balogunga nisbatan qaror AQSH prezidenti Donald Trampning Infantinoga qoʻngʻiroqlaridan soʻng qabul qilingan. Shuningdek, Infantino ilgari surgan FIFA Forward Enterprise kompaniyasi loyihasi UEFA, KONKAKAF, OFK va KONMEBOL kabi konfederatsiyalar tomonidan keskin tanqid qilinib, rad etilgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid