Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Shakarsiz qahva miya kasalliklari xavfini kamaytirishi mumkin

Xitoylik tadqiqotchilar 204 mingdan ortiq kishi ishtirokida o‘tkazilgan kuzatuvda shakarsiz qahva ichish Alsgeymer va Parkinson kasalliklari xavfi pastligi bilan bog‘liqligini aniqladi.

Tadqiqotda 40 dan 69 yoshgacha bo‘lgan 204 847 nafar ishtirokchining ovqatlanish va ichimliklar iste’moli tahlil qilindi. Ilk bor qahvaning shakarsiz, shakarli va sun’iy shirinlashtirgichli turlari bir-biri bilan solishtirildi.

Ishtirokchilarning qariyb 54 foizi shakarsiz qahvani afzal ko‘rgan. Bu guruhda Alsgeymer, demensiya va Parkinson kasalliklari xavfi qahva ichmaydiganlarga nisbatan 29–30 foizga past bo‘lgan, ushbu kasalliklardan o‘lim xavfi esa 43 foizga kamaygan. Kofeinsiz shakarsiz qahva ham shunga o‘xshash natija ko‘rsatgan.

Qahvaga shakar yoki sun’iy shirinlashtirgich qo‘shilganda bu foyda deyarli bekor bo‘lgan. Mutaxassislar tadqiqot kuzatuv xarakteriga ega ekanini va sabab-oqibat bog‘liqligini to‘liq isbotlamasligini ta’kidlamoqda.

Manba: Daryo

Mavzuga oid