Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Texnikum oʻquvchilari Work and Travel dasturida xorijda ishlay oladi

2026/2027-oʻquv yilidan boshlab texnikum oʻquvchilari Work and Travel xalqaro dasturi doirasida xorijiy davlatlarda ishlash va sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu haqda Kasbiy taʼlim agentligi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan texnikumlarning oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlaridagi oʻquvchilar ham xorijda ishlash va sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu imkoniyat hozircha oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun 2025 yilda joriy etilgan edi.

Dastur doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga borish-kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash uchun ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.

Migratsiya agentligi har yili 1 martgacha xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash choralarini koʻradi. Shuningdek, oʻquvchilarning maʼlumotlari EMIS RT axborot tizimida aks ettiriladi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid