Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 16:07 1 marta oʻqildi

Kamola Arslonova oilasi bilan O‘zbekistonga ko‘chib keldi

Aktrisa Kamola Arslonova “Darakchi” YouTube kanalidagi intervyuda turkiyalik turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani va 11 yillik xorijiy hayotidan so‘ng oilasi bilan Vatanga qaytgani haqida gapirdi.

Aktrisa “Kelgindi qaynona”, “Kirakash” filmlari va “Opa-singillar” serialidagi rollari bilan tanilgan. Intervyuda u Izmirda turmush o‘rtog‘i bilan tasodifan tanishgani haqida so‘zlab berdi. O‘sha paytda u o‘zini aktrisa emas, o‘qituvchi deb tanishtirgan.

Onasi dastlab bu turmushga qarshi bo‘lgan, keyinroq esa rozilik bergan. Kamola Arslonova 11 yil Turkiyada yashab, Vatanini sog‘inganini aytdi. Eri esa u yerdagi biznesi va mashhurligi tufayli ko‘chishga darhol rozi bo‘lmagan, biroq oxir-oqibat oila O‘zbekistonga ko‘chib kelgan.

Yangi muhit erining uchun ancha stressli bo‘lgani aytilgan: tilni bilmagani sababli u o‘zini uch yoshli bolaga o‘xshatgan. Bolalar ham yangi sharoitga asta-sekin moslashib borayotgani ma’lum qilingan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid