Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 18:52 1 marta oʻqildi

Shimoliy Koreyaning sirli birinchi xonimi: nimalar ma'lum

Kim Chen In rafiqasi Ri Sol Chju oktabr oxirida uzoq tanaffusdan so'ng jamoatchilik oldida qayta ko'rindi. Uning kam chiqishlari va zamonaviy kiyinish uslubi xorijda katta qiziqish uyg'otmoqda.

Shimoliy Koreyada rahbarlarning rafiqalari odatda muhim tadbirlarda ularga hamroh bo'ladi, ammo Ri Sol Chju bu an'anadan deyarli chetda turadi. U oktabr oxirida eri va qizi bilan Pxenyandagi kiyim-kechak va poyabzal ko'rgazmasiga kelib, uzoq tanaffusdan keyin ilk bor ko'rindi.

Yaqinda u Kimgon kurort hududida eri bilan birga suratga tushdi. Bu suratlar uning homiladorligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

2012 yildan beri Ri yorqin kostyumlar, baland poshnali poyabzal va brend sumkalar kiyib kelmoqda. Hashamat buyumlari mamlakatda taqiqlangan va BMT sanksiyalari ostida bo'lgani uchun bu uslub ko'pchilikka g'alati tuyulmoqda.

Ri 1989 yilda (ba'zi manbalarda 1985 yilda) Chxonjin shahrida tug'ilgan va xonanda bo'lgan. 2018 yilda Kim Chen In uni ilk bor «birinchi xonim» deb atagan, biroq uning rasmiy mavqei hali ham aniq emas.

Manba: Daryo

Mavzuga oid