Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Iqtisodiyot Bugun, 19:02 1 marta oʻqildi

Paxta yigʻimi rekord darajaga yetdi: 5 million tonnadan ortiq

Dehqonlar 2026-yilda 5 million tonnadan ortiq paxta yigʻib oldi, bu Yangi Oʻzbekiston tarixidagi rekord koʻrsatkich boʻldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarga yoʻllagan tabrigʻida fermerlar bu yil paxtadan 13–14 trillion soʻm sof foyda olishi kutilayotganini bildirdi.

Solishtirish uchun: 2000-yilda 1,4 million gektar maydonga chigit ekilib, jami 3 million tonna paxta terib olingan edi. Bu yil qariyb 400 ming gektarda oʻrtacha hosildorlik 70 sentnerga yetgan.

Qariyb 70 ming gektarda esa gektaridan 100–110 sentnergacha hosil olingan. Mingga yaqin fermer xoʻjaligi va klaster 100 sentner yoki undan yuqori natija qayd etgan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid