Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 18:52 1 marta oʻqildi

9 ta viloyatda sel va suv toshqini xavfi

Oʻzbekistonning 9 ta viloyatida 6–7 va 9–11-noyabr kunlari sel hamda suv toshqinlari xavfi mavjud. Bu haqda “Oʻzgidromet” ogohlantirdi.

Ogohlantirishga koʻra, xavf togʻoldi va togʻli hududlarda, jumladan Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarining bir qator tumanlari va shaharlarida saqlanib turadi. Sabab — kutilayotgan yogʻingarchilik.

Ayrim hududlarda yomgʻir suvlari toʻplanishi natijasida suv bosish holatlari ham yuzaga kelishi mumkin.

Mutaxassislar togʻoldi va togʻli hududlarda yashovchi aholi, dam olувchilar hamda haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishga chaqirdi. Shuningdek, 10-noyabr kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir va havo haroratining sezilarli pasayishi kutilayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid