Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Oʻzbekiston Bugun, 15:46 1 marta oʻqildi

Qarshida Chap tarmoq kanali betonlashtiriladi

Qashqadaryo viloyatida suv taʼminoti eng dolzarb masalalardan biri sifatida qayd etildi. Qarshi shahridagi Chap tarmoq kanalini betonlashtirish va atrofini obodonlashtirish ishlari boshlanadi.

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Prezident administratsiyasi rahbari bu ishlar natijasi aholi kundalik hayotida sezilishi kerakligini taʼkidladi.

Kanal 1,4 ming gektar tomorqa yerlarini suv bilan barqaror taʼminlashga xizmat qiladi. Shu bois suv taʼminotiga oid rejalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Kanal boʻyida toʻrtta mahalladagi 25 ming aholi uchun dam olish va sayr qilish maskanlari barpo etiladi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid