Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Qarshida 25 ming aholi uchun dam olish maskanlari quriladi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida «Chap tarmoq» kanali betonlanib, atrofi obodonlashtiriladi. Loyiha doirasida 1,4 ming gektar tomorqa yeri barqaror suv bilan ta'minlanadi, kanal bo'yidagi 25 ming aholi uchun esa dam olish maskanlari barpo etiladi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyatida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, asosiy maqsad aholi turmush sharoitini yaxshilash bo'lib, o'zgarishlarni odamlar kundalik hayotida his qilishi kerak.

Viloyat uchun eng dolzarb masalalardan biri suv ta'minoti ekani qayd etildi. Shu sababli Qarshi shahridagi «Chap tarmoq» kanalini betonlash va atrofini obodonlashtirish ishlari boshlanadi. Natijada 1,4 ming gektar tomorqa yeri barqaror suv bilan ta'minlanadi.

Kanal bo'yida joylashgan to'rtta mahalla aholisi uchun, jami 25 ming kishi uchun, kecha-yu kunduz ishlaydigan dam olish va sayr qilish maskanlari tashkil etiladi. Ishlar shahar suv ta'minotini yaxshilash bilan birga aholi uchun qulay dam olish hududlarini yaratishga ham xizmat qiladi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid