NASA ekipaji 378 kunlik izolyatsiyadan chiqdi
Marsga parvozga tayyorgarlik koʻrayotgan NASA astronavtlari 378 kunlik izolyatsiyani yakunladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Toʻrt nafar astronavt Xyustон yaqinidagi Lindon Jonson nomidagi Koinot markazida, 3D-printer yordamida tayyorlangan 158 kvadrat metrli modulda yashadi. Ekipaj tarkibiga missiya komandiri Ross Elder, ilmiy xodim Metyu Montgomeri, tibbiyot xodimi Ellen Ellis va bort muhandisi Jeyms Spayser kirgan.
Astronavtlar 2025-yil 19-oktabrdan beri izolyatsiyada boʻlib, bu davrda NASA vakillari bilan Marsga parvozdagiga oʻxshash aloqa kechikishi sharoitida muloqot qilgan. Ular modulning ishlashini taʼminlab, sayyora tuprogʻiga oʻxshash tuproqda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirgan.
Endi astronavtlar NASA olimlari bilan birgalikda missiya natijalarini baholaydi. Bu ikkinchi shunday sinov boʻlib, 2023–2024-yillarda boshqa ekipaj ham izolyatsiyada 378 kun yashagan. NASA Marsga boshqariladigan missiya uyushtirishni rejalashtirmoqda, uning aniq muddatlari hali belgilanmagan, ammo parvoz 2030-yillarda boʻlishi mumkin.
Manba: Kun.uz