Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 17:52 1 marta oʻqildi

Toshkent aeroportida 20 ta iPhone noqonuniy olib kirilmoqchi boʻlgan

Bojxona qoʻmitasi Toshkent xalqaro aeroportida qiymati 310 mln soʻmdan oshadigan 20 ta iPhone smartfonini noqonuniy olib kirishga urinish aniqlanganini xabar qildi.

Bojxona postida ayrim yoʻlovchilar xorijdan olib kelayotgan qurilmalarining haqiqiy IMEI-kodlari oʻrniga boshqa qurilmalarga tegishli kodlarni deklaratsiyada koʻrsatgan. Ularning smartfonlariga dasturiy taʼminotni qayta yuklash orqali boshqa qurilmalarning IMEI-kodlari oʻrnatilgan.

Natijada telefon sozlamalarida bir kod, USSD-soʻrov orqali tekshirilganda esa boshqa kod koʻrinib turgan. Amaldagi tartibga koʻra, jismoniy shaxslar shaxsiy yoki tijorat maqsadida olib kelayotgan mobil qurilmalarini deklaratsiyada koʻrsatishi va ularning IMEI-kodlarini qayd etishi shart.

Bojxona tekshiruvlari davom etmoqda. Oldinroq Toshkent aeroportida 227 mln soʻmlik iPhone’larni yashirincha olib kirishga uringanlar aniqlangani ham xabar qilingan edi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid