Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 17:52 1 marta oʻqildi

Rossiya mehnat migrantlari uchun deportatsiya ro'yxatini kengaytirdi

Rossiyada ishlash uchun kelgan chet elliklar migratsiya qonunlarini buzgani uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi yangi me'yorlar kuchga kirdi. Ular 2026-yil 3-noyabrdan amal qila boshladi.

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya xizmatining xabariga ko'ra, jarimadan tashqari ma'muriy deportatsiyani nazarda tutuvchi moddalar soni 22 tadan 45 taga oshdi.

Yangi ro'yxatga davlat chegarasini qo'riqlayotgan xodimlar talablariga bo'ysunmaslik, internetda inson qadr-qimmati va jamoat axloqini kamsituvchi ma'lumotlarni tarqatish, jins, irq, millat, til, yosh yoki diniy mansublik bo'yicha kamsitish, natsistik va ekstremistik ramzlarni targ'ib qilish hamda favqulodda holat, terrorizmga qarshi operatsiya yoki harbiy holat rejimini buzish kiritilgan.

Shuningdek, deportatsiyani boshqa jazo turi bilan almashtirib bo'lmaydigan jinoyatlar ro'yxati kengaytirildi, unga giyohvand moddalar savdosi bilan bog'liq jinoyatlar ham kiradi. Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin Rossiyaga kelganlar qonunga rioya qilishi, rus tilini bilishi va mamlakat madaniyati hamda an'analarini hurmat qilishi zarurligini ta'kidladi. Chora-tadbirlar jamoat xavfsizligini oshirish va migratsiya sohasida tartib o'rnatishga qaratilgan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid