Rustam Imomali Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi
Tojikiston Milliy Majlisi raisi, Dushanbe shahri hokimi Rustam Imomali 4-noyabr kuni Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrif doirasida u «Yangi Toshkent» shaharsozlik loyihasi bilan tanishdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari, Toshkent shahri hokimi, Tojikistonning O'zbekistondagi elchisi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Mehmon O'zbekiston tarixi va milliy davlatchiligiga hurmat belgisi sifatida Yangi O'zbekiston bog'idagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo'ydi. Shundan so'ng u «Yangi Toshkent» shaharsozlik loyihasining bosh rejasi bilan tanishdi.
Taqdimot davomida ushbu loyiha O'zbekistonning muhim shaharsozlik tashabbuslaridan biri ekani ta'kidlandi.
Manba: Kun.uz