Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 17:52 1 marta oʻqildi

Toshkentda narkolaboratoriya aniqlandi: 24 yoshli shaxs ushlandi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida ijaraga olingan xonadonda sintetik narkotiklar tayyorlab, ularni tarqatgan 2002 yilda tugʻilgan fuqaro ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmatining xabar berishicha, xonadondan 3,5 kg gashish moyi va boshqa giyohvand moddalar olingan.

Xonadonni koʻzdan kechirish chogʻida tarqatish uchun qadoqlangan giyohvand moddalar, elektron tarozi, miksер, fen, shprislar hamda ming dona boʻsh paket va ming dona boʻsh flakon topilgan.

Jami 3,5 kg gashish moyi, 600 g gashish, 200 g marixuana va tarkibida giyohvand modda boʻlgan 8 dona pechene ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-1-moddasi boʻyicha ish qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllangan. Ushbu modda boʻyicha jazo besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid