Oʻzbekiston — Rossiya bahsi chiptalari narxi maʼlum boʻldi
Oʻzbekiston milliy jamoasi 12-noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Rossiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi. Uchrashuv chiptalari sotuvga chiqarildi.
Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot xizmati xabar berdi. Chiptalar onlayn platformalarda beshta toifada sotilmoqda.
Chiptalar narxi stadiondagi joylashuv va sektorlarga qarab 75 ming soʻmdan 1 million soʻmgacha belgilangan. Oraliq narxlar 150 ming, 250 ming va 350 ming soʻm.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Oʻzbekiston jamoasi oxirgi oʻyinini 6-oktabrda safarda Janubiy Koreyaga qarshi 0:2 hisobida yutqazgan edi. Undan oldin jamoa Toshkentda Suriyani 4:1 hisobida, Fargʻonada esa Eronni 3:1 hisobida magʻlub etgan.
Manba: Daryo