Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 19:37 1 marta oʻqildi

Shartnoma bo‘lmasa ham, ishni boshlagan kun ishga qabul sanasi hisoblanadi

Gazeta.uz «AdvoKast» podkastida huquqshunos Saidali Muxtoraliyev mehnat munosabatlarida tez-tez uchraydigan buzilishlar va xodimlar huquqlarini muhokama qildi. Uning ta’kidlashicha, mehnat shartnomasiz ishlayotgan xodimlar ham qonun bilan himoyalangan.

Muxtoraliyevning so‘zlariga ko‘ra, Ўzbekistonda mehnat shartnomasini tuzmaslik, ish haqini o‘z vaqtida to‘lamaslik va xodimlarni ortiqcha ishga jalb qilish holatlari ko‘p uchraydi. Mehnat munosabatlarining asosiy hujjatlari Mehnat kodeksi, Konstitutsiya va ichki hujjatlar hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 128-moddasiga ko‘ra, ishga qabul qilish vakolatiga ega shaxs xodimga ishni boshlashga ruxsat bergan bo‘lsa, o‘sha kundan boshlab xodim ishga kirgan deb hisoblanadi. Shartnoma tuzilganmi yoki buyruq chiqarilganmi, bu ahamiyatga ega emas. Ish beruvchi shu kundan bajarilgan ish uchun haq to‘lashi shart.

Ekspertning fikricha, rasmiylashtirilmagan mehnat bilan bog‘liq muammolar asosan xususiy va nodavlat tashkilotlarda, jumladan ovqatlanish korxonalari, qurilish va savdo kompaniyalarida yuzaga kelmoqda. Bunday hollarda ish beruvchilar xodimlarga qonuniy kafolatlarni bermaslikka va ularni osongina ishdan chiqarib yuborishga intilishi mumkin.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid