Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Germaniyada shirinliklarda igna topilgani boʻyicha 80 dan ortiq xabar

Germaniya politsiyasiga Xelloween bayrami shirinliklari ichidan igna va boshqa oʻtkir buyumlar topilgani haqida 80 dan ortiq xabar kelib tushgan. Kamida ikki bola jarohat olgan.

Bild nashrining xabar berishicha, Bremerfyorde shahrida qizcha tarkibida kamida besh santimetrli toʻgʻnagich boʻlgan shokoladni tishlab, tilini jarohatlagan. Mekленburg shahrida esa bola shirinlik ichidagi igna sabab og‘iz boʻshligʻidan yengil jarohat olgan.

Bunday holatlarning eng koʻpi, 25 tasi, Bavariyada qayd etilgan. Tergovchilarning taxminicha, ayrim jinoyatchilar internetdagi chaqiriqlardan ilhomlangan boʻlishi mumkin.

Essen politsiyasi vakili Matthias Verk ushbu gʻoyalar tarqalgan manbani qidirayotganini ma’lum qildi. Quyi Bavariya politsiyasi esa voqealarning TikTokdagi chellenj bilan bogʻliqligini tekshirmoqda. Muqaddas Martin kuni arafasida bolalar yana shirinlik yigʻadigan boʻlgani sababli politsiya ota-onalarga barcha shirinliklarni tekshirib koʻrishni tavsiya qilmoqda.

Manba: Daryo

Mavzuga oid