Oʻzbekistonda ortiqcha vazn: katta yoshdagilarning yarmidan koʻpi
Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda katta yoshdagi aholining yarmidan koʻpi ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Mutaxassislar semizlikning asosiy sabablari va davolash yoʻllari haqida gapirdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston semizlik boʻyicha MDH davlatlari orasida yetakchiga aylangan. Bolalar orasida ham vaziyat xavotirli: 2025 yilda 5–9 yoshdagi 902 ming nafar va 10–19 yoshdagi deyarli 2 million nafar bolada ortiqcha vazn yoki semizlik aniqlangan.
Endokrinolog Oydinoy Rahimova semizlikning asosiy sabablaridan biri turmush tarzining oʻzgarishi ekanini taʼkidlaydi: jismoniy faollik kamaygan, ovqatlanish tartibi esa buzilgan. Uyqu tartibining buzilishi ham bolalar orasida semizlikni kuchaytiruvchi omillar qatorida tilga olinadi.
Mutaxassislarning fikricha, vaznni keskin emas, asta-sekin va barqaror kamaytirish kerak. Parhez, toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollik koʻp hollarda yaxshi natija beradi, gormonal buzilishlar boʻlsa avvalo ularni tartibga keltirish zarur.
Semizlik qandli diabet, arterial gipertenziya va buyrak kasalliklari kabi asoratlar bilan birga kechganda, jarrohlik yoki ошқозонга махсус balon oʻrnatish koʻrib chiqilishi mumkin. Balon ovqat miqdorini kamaytirish orqali yordam beradi, tanadagi yogʻni esa bevosita eritmaydi. Operatsiya hamma uchun tavsiya etilmaydi, har bir bemorning holati alohida baholanadi.
Manba: Daryo