Al Aynda U20 Jahon Rapid va Blitz chempionati boʻlib oʻtadi
2–6 noyabr kunlari BAA ning Al Ayn shahrida 20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Jahon Rapid va Blitz chempionati oʻtkaziladi. Oʻzbekistondan jami 7 nafar shaxmatchi ishtirok etadi.
Musobaqada Open va Girls boʻlimlarida jahon chempionligi uchun kurash olib boriladi. Open boʻlimida Muhammadzohid Suyarov, Humoyun Begmuratov, Muzaffarjon Abdurasulov va Usmonxon Tohirjonov, Girls boʻlimida esa Afruza Hamdamova, Umida Omonova va Nilufarxon Imomqoʻzieva Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
Rapid bosqichi 2–4 noyabrda boʻlib oʻtadi: 9 tur, har bir shaxmatchiga 15 daqiqa va har bir yurish uchun 10 soniya beriladi. Blitz 5–6 noyabrda 13 tur bilan oʻtkaziladi, bunda vaqt 3 daqiqa, har bir yurish uchun 2 soniya qoʻshiladi.
Chempionatning umumiy sovrin jamgʻarmasi 33 200 AQSH dollarini tashkil etadi.
Manba: Daryo