Dushanba, 2-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Sport Bugun, 18:29 1 marta oʻqildi

Mbappe mojarosidan soʻng Xitoyda La Liga oʻyinlari efirdan olindi

Xitoyning CCTV telekanali Ispaniya futbol chempionati — La Liga oʻyinlarini namoyish etishni toʻxtatdi. Qaror futbolchi Kilian Mbappe bilan bogʻliq mojarodan keyin qabul qilindi.

Mojaro oʻtgan hafta Mbappe jurnalistning savoliga javoban Xitoy rahbari Mao Szedun tasviri asosida yaratilgan memni tilga olganidan keyin boshlandi. Bu Xitoyda keng munozaraga sabab boʻldi, bir nechta mahalliy kompaniya esa futbolchi bilan shartnomalarini bekor qildi.

BBC xabariga koʻra, 1-noyabr kuni CCTV «Real» va «Rasing» oʻrtasidagi oʻyinni efirga uzatmagan. CCTV egasi boʻlgan China Media Group (CMG) La Liga oʻyinlari translyatsiyasi toʻxtatilganini ma'lum qildi.

Keyinchalik Mbappe, «Real» klubi va La Liga rahbariyati uzr soʻradi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bildirilgan uzrni yuqori baholashini, CMG esa uni qabul qilishini ma'lum qildi. Biroq CCTV La Liga oʻyinlarini qachon qayta efirga uzatishi hozircha noma'lum.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid