Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Polsha Rossiya chegarasida diversiyalarga qarshi operatsiya boshladi

Polsha politsiyasi rahbari Marek Boronning aytishicha, mamlakat Rossiya bilan chegarasida ehtimoliy diversiyalarga qarshi maxsus operatsiya boshlangan. Unga politsiya, armiya, chegara xizmati va maxsus xizmatlar jalb etilgan.

2-noyabr kuni RMF FM radiosi efirida Boron o'tgan hafta Polsha Harbiy razvedka xizmati va ittifoqchi davlatlarning maxsus xizmatlari chegara orqali qurollangan guruhlar kirishga urinishi mumkinligi haqida ogohlantirgani ma'lum qildi.

Shundan so'ng Kaliningrad viloyati bilan chegaradosh hududlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Operatsiya Varminsko-Mazur va Podlyaskiy voyevodliklarida o'tkazilmoqda, unda politsiya, armiya, chegara xizmati, maxsus xizmatlar hamda terrorizmga qarshi kurash bo'linmalari ishtirok etmoqda. Harakatlarni muvofiqlashtirish uchun shtab tashkil etilgan, mamlakatning boshqa viloyatlaridan esa qo'shimcha politsiya kuchlari yuborilgan.

Boronning ta'kidlashicha, asosiy maqsad chegara yaqinida yashovchi aholi, davlat muassasalari va diversiyalar nishoniga aylanishi mumkin bo'lgan boshqa obyektlar xavfsizligini ta'minlash. Shu bilan birga u qo'shimcha kuchlar yuborilishini Konstitutsiyaviy tribunal atrofidagi siyosiy inqiroz bilan bog'lash haqidagi taxminlarni rad etdi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid