Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Dilorom Karimova teatr fojialari haqida kitob taqdim etdi

Oʻzbekiston xalq artisti Dilorom Karimova Toshkentda oʻzbek teatri tarixidagi ogʻriqli voqealarga bagʻishlangan «Rejissyor» memuar asarini taqdim etdi. Kitobda Toshxoʻja Xoʻjayevning fojiali taqdiri va Hamza teatri jamoasining ikkiga boʻlinishi yoritilgan.

30 oktabr kuni Toshkentdagi Renessans kino uyida boʻlib oʻtgan taqdimotda kitobning asosiy mavzulari haqida gapirildi. Asarda taniqli rejissyor Toshxoʻja Xoʻjayevning hayoti, ijodi va teatr san'ati rivojidagi hissasi, shuningdek, uning Hamza teatridagi intrigalar tufayli bosh rejissyorlik lavozimidan chetlashtirilgani hikoya qilinadi.

Kitobning ikkinchi qismidagi «Teatr» esseda 1980-yillar oxirida teatr jamoasining ikkiga boʻlinishi va bu jarayonning oqibatlari, jumladan, rejissyor Bahodir Yoʻldoshevning taqdiri bayon etilgan.

Yozuvchi Erkin Aʼzam kitobni oʻzbek madaniy hayotidagi oʻziga xos asarlardan biri deb baholadi. Uning fikricha, muallif voqealarga bir yoqlama yondashmagan va «Hasad — millatimizni qiynaydigan fojialardan biri», degan xulosaga kelgan.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid