Merz Germaniya prezidentligiga ayol nomzod ilgari surmoqchi
Germaniya kansleri Fridrix Mers mamlakat prezidentligiga ayol nomzodni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu rejani hukmron koalitsiyadagi Sotsial-demokratik partiya ham qo‘llab-quvvatladi.
Dpa va AFP agentliklari 2-noyabrda Berlinda bo‘lib o‘tgan Xristian-demokratik ittifoq hududiy bo‘linmalari rahbarlarining yopiq yig‘ilishi ishtirokchilariga tayanib, bu haqda xabar berdi. Manbalarga ko‘ra, kansler aniq nomni aytmagan, nomzodni esa 9-noyabrdagi partiya prezidiumi yig‘ilishida taqdim etishi kutilmoqda.
Germaniya prezidenti lavozimini ayol egallashi kerakligi haqidagi fikrni avvalroq sobiq kansler Angela Merkel ham bildirgan edi. Mamlakatning 77 yillik tarixida hali birorta ayol federal prezident bo‘lmagan.
Hukmron koalitsiya hamkori Sotsial-demokratik partiya fraksiyasi parlament ishlari bo‘yicha mas’uli Dirk Vize Merzning qarorini ijobiy baholadi. Xristian-sotsial ittifoq rahbari Markus Zyoder esa bir necha oydan beri Bavariya landtagi raisi Ilze Aygnerni qo‘llab kelmoqda.
Manba: Kun.uz