Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Qozogʻistonda 10 kishi ushlandi, yashirin oʻquv markazi yopildi

Qozogʻistonning Atirau shahrida ekstremistik guruh faoliyatida gumon qilingan 10 kishi ushlandi. Shu bilan birga bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan yashirin oʻquv markazi faoliyati toʻxtatildi.

Milliy xavfsizlik qoʻmitasi matbuot xizmatining 2-noyabrdagi xabariga koʻra, ushlash tadbirlari 30-oktabrda prokuratura nazorati ostida, sudgacha boʻlgan tergov doirasida oʻtkazilgan. Tergov versiyasiga koʻra, gumonlanuvchilar hududda konstitutsiyaviy tuzum asoslarini zoʻravonlik yoʻli bilan oʻzgartirishni rejalashtirgan.

Ularda ekstremistik guruh tuzish, unga rahbarlik qilish va faoliyatida ishtirok etish, terrorizmni targʻib qilish hamda diniy adovatni qoʻzgʻatishda gumon qilinmoqda. Yashash joylarida oʻtkazilgan tintuvlarda oʻqotar qurol, giyohvand moddalar, diniy buyumlar va adabiyotlar topilgan.

Organlar bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan yashirin oʻquv markazi faoliyatiga ham chek qoʻygan. Markazlar tergov qilinayotgan guruh ishtirokchilari tomonidan tashkil etilgani aytilgan, ammo u yerda nima oʻqitilgani haqida maʼlumot berilmagan.

Idoraning maʼlumotiga koʻra, ushlanganlarning bir qismi avval terrorchilik va boshqa jinoyatlar uchun sudlangan. Tergov manfaatlari sababli ish boʻyicha boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid