Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Real Madrid Verbruggenni oʻziga jalb qilishga qiziqmoqda

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi Angliyaning “Brayton” jamoasi darvozaboni Bart Verbruggenga qiziqish bildirmoqda. Gollandiyalik 24 yoshli futbolchi joriy mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan Tibo Kurtuaning oʻrnini bosuvchi nomzod sifatida koʻrilmoqda.

Football Insider nashri xabariga koʻra, Madrid Kurtuaning oʻrniga Verbruggenni nomzod sifatida koʻrib chiqmoqda. Manbalarga koʻra, futbolchining oʻzi ham Madridga oʻtishga qarshi emas.

Verbruggen joriy mavsumda Premyer-liganing toʻqqiz oʻyinidan oltitasida darvozasini gol urtirmagan. Bu koʻrsatkich boʻyicha u ligada birinchi oʻrinda turibdi. Oʻtgan mavsumda esa “quruq oʻyinlar” boʻyicha uchinchi oʻrinda boʻlgan.

Darvozabon shu yozda milliy terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida ham qatnashgan. Uning “Brayton” bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Klub esa yetakchi jamoalarning takliflarini koʻrib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid