Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Janubiy Koreya prezidentining pasport ma'lumotlari sizib chiqdi

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong va uning Yevropa safarida ishtirok etgan 168 kishining shaxsiy ma'lumotlari pulli internet resursga joylashtirilgani ma'lum bo'ldi. Tashqi ishlar vazirligi holatni tekshirishni boshladi.

Faylda prezident, uning xotini Kim He Gyon, prezident ma'muriyati, Tashqi ishlar vazirligi va qo'riqlash xizmati xodimlari hamda jurnalistlar haqidagi ma'lumotlar bor. Unda ismlar, lavozim, tug'ilgan sana, pasport raqami va amal qilish muddati ko'rsatilgan. Taxminlarga ko'ra, fayl safardan taxminan bir hafta oldin, 2-iyun kuni joylashtirilgan.

Prezident ma'muriyati voqeadan xabardor ekanini va tegishli choralar ko'rilayotganini bildirdi. Prezident, uning xotini va ta'sirlangan boshqa rasmiylar uchun yangi pasportlar rasmiylashtirilmoqda. Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlar himoyalangan tizimlardan qanday chiqqanini aniqlash uchun tekshiruv boshlab, xodimlar harakati va saqlash qoidalarining buzilishi ehtimolini ham ko'rib chiqmoqda.

Vazirlik safarni tashkil etishda ishlatilgan kompyuter va elektron pochta hisoblarini texnik tekshiruvdan o'tkazmoqda, fayl esa saytdan olib tashlangan. Ma'lumotni birinchi bo'lib KBS telekanali internetda aniqlab, prezident ma'muriyatini xabardor qilgan. Hozircha ma'lumotlarning boshqa manbalarda tarqalganiga dalil yo'q.

Manba: Daryo

Mavzuga oid