Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Kanada rossiyalik xokkeychilarni yoshlar JCh ga qoʻymaydi — Karni

Kanada bosh vaziri Mark Karni Alberta provinsiyasida boʻladigan yoshlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha Jahon chempionatida Rossiya terma jamoasi ishtirok etmasligini ma'lum qildi.

Karnining soʻzlariga koʻra, Rossiya-Ukraina urushi davom etar ekan, Rossiya va Belarus sportchilari Kanadada oʻtkaziladigan hech qanday musobaqada qatnasha olmaydi. Agar gap aynan yoshlar JCh haqida ketayotgan boʻlsa, rossiyaliklar u yerda boʻlmaydi.

Rossiyaning Kanadadagi elchisi Oleg Stepanov bu bayonotlarni afsusli deb baholab, siyosatni yoshlar xokkeyiga olib kirish, holbuki bu sport birlashtirishi kerakligini qayd etdi.

Oktyabr oxirida Sport arbitraj sudi Xalqaro xokkey federatsiyasiga Rossiya terma jamoasini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berish majburiyatini yuklagan edi. Shunga qaramay, koʻplab nufuzli davlatlar bu qarorni tanqid qilgan. Germaniya katta jahon chempionatini Rossiya ishtirokida oʻtkazishdan bosh tortishi mumkinligini bildirgan, Shvetsiya, Finlyandiya, Latviya, Norvegiya va Daniya esa turnirni boykot qilmasligini, ammo Rossiya bilan muzga chiqmasligini aytgan.

Yoshlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha JCh 26 dekabrdan 5 yanvarga qadar boʻlib oʻtadi.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid