Guskov Uittaker bilan 7-fevraldagi jangi haqida fikr bildirdi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Bogdan Guskov kelasi yilning 7-fevralida Sidneyda Robert Uittaker bilan UFC Fight Night 298 musobaqasida jang qiladi. U bo‘lajak jang haqida intervyu berdi.
Guskov Uittakerni “sobiq chempion” deb atadi va unga qarshi bir nechta rejasi borligini aytdi. Qaysi reja samara berishini, uning fikricha, oktagonda ko‘rsatadi.
Jangchi rejalarni puxta ishlab chiqish uchun yetarli vaqt borligini ta’kidladi. Uning so‘zlaricha, g‘alabaga erishish uchun uchta yoki to‘rtta reja tuzish kerak bo‘ladi.
Guskov Uittakerni tajribasiz yosh jangchi emasligini, u ham tayyorgarlik ko‘rayotganini qayd etdi. Shu sababli u turli variantlarni ko‘rib chiqayotganini aytdi.
Ikkala jangchi hozirda UFC yarim og‘ir vazn toifasi metareytingida mos ravishda o‘ninchi va o‘n birinchi o‘rinlarni egallab turibdi.
Manba: Daryo