Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Oʻzbekiston Bugun, 13:37 1 marta oʻqildi

Rubio prezidentlik poygasi haqidagi xabarlarni rad etdi

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Tramp ma'muriyatini tark etishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Shu bilan birga, u 2028-yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etish masalasini muhokama qilishdan bosh tortdi.

Rubio o'z lavozimini tark etishni rejalashtirayotgani haqidagi taxminlarni inkor etdi. Oldinroq xabarlarda, u 2028 yoki 2032-yilgi saylovga tayyorgarlik ko'rish uchun ishdan ketishi va o'rnini Hindistondagi AQSh elchisi Serdjio Gor egallashi mumkinligi yozilgan edi.

Rubio Trampning prezidentlik muddati oxirigacha ishlashni rejalashtirayotganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, bu xabarlarning manbasi noma'lum, u esa o'z ishidan mamnun.

«Rostini aytsam, bu xabarlar qayerdan paydo bo'lganini bilmayman», dedi u. Vitse-prezident Jey Di Vens prezidentlikka nomzod bo'lsa, Rubio uni qo'llab-quvvatlashini bildirdi va uni ajoyib nomzod deb atadi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid