Toshkentda 7–8 noyabr dam olish kunlari nima boʻladi
Toshkentda 7–8 noyabr dam olish kunlariga bir necha kinopremyera, konsert va spektakl rejalashtirilgan. Shuningdek, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar ham boʻlib oʻtadi.
Kinoteatrlarda toʻqqizta film premyerasi boʻlib oʻtadi.
Dasturda Ulugʻbek Rahmatullayev va Cheb Mami konsertlari bor. Shuningdek, «Sohibjamol va maxluq» spektakli hamda «Savitskiy kundaliklari» koʻrgazmasi namoyish etiladi.
Art Bazaar koʻrgazma-yarmarkasi, astronomiya kunlari va sirkda «Charli va dengiz mushukchalari» shousi ham rejada. Yana koʻplab koʻrgazma, spektakl va boshqa tadbirlar mavjud.
Manba: Gazeta.uz