Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Samarqandda umra vaʼdasi bilan pul olgan turfirma operatori ushlandi

Samarqandda toʻrt kishini umraga yuborishni vaʼda qilib, ulardan 5 ming dollar talab qilgan turistik firma operatori ushlandi. Operatorda umra xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya yoʻq edi.

Diniy ishlar boʻyicha qoʻmitaning xabariga koʻra, 29 oktabr kuni turistik firma operatori toʻrt nafar fuqaroni ziyoratga yuborishni vaʼda qilgan. Shu xizmat evaziga u 5 ming dollar talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida operator ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ilgari ham Samarqand viloyatida umra ziyoratini tashkil etish uchun fuqarodan 5 ming dollar olgan sayohat firmasi xodimi ushlangan edi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid