Farhod Sulaymonov: qo‘shiqlarni shaxsiy kechinma bilan bog‘lashmasin
Xonanda Farhod Sulaymonov «Menining yurtim» telekanalining «O‘zimizning gap» ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, muxlislarining qo‘shiqlarini shaxsiy kechinmalariga bog‘lashi va kechalari uxlay olmasligi haqida gapirdi.
Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarni o‘qishini aytdi. Ularning ba’zilari uni g‘alati ahvolga solishini, chunki muxlislar yangi qo‘shig‘ini darhol uning shaxsiy hayoti bilan bog‘lashini ta’kidladi. Unga ko‘pincha «endi o‘zingizni siqmang» degan maslahat berilishini ham qo‘shdi.
Sulaymonov o‘zi shўx va tўybop qo‘shiqlar ham ijro etishini, ammo bu qo‘shiqlar uchun ham shunga o‘xshash maslahat olishini aytdi. Uning fikricha, qo‘shiqning kuyi va ijrosi shu asarning mohiyatini belgilaydi, mavzu esa uning ijodida o‘zgargan bo‘lsa-da, kuy jihatidan klassik-pop yo‘nalishida qolmoqda.
Shuningdek, Farhod va Shirin duetining qo‘shiqlari YouTube’da qayta trendga chiqayotgani va ko‘rishlar soni kundan-kunga ortib borayotgani ma’lum qilindi. Xonanda otasi ham bu duet tarixda qolganini va qayta bo‘lmasligini aytganini qayd etdi. Shuningdek, u kechalari uxlay olmayotganini, bu muammoning yechimini hali topmaganini bildirdi.
Manba: Daryo