Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Bo‘stonliqda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi

16–23 dekabr kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati — Oliy liga musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda erkaklar va ayollar alohida bellashadi, mukofot jamg‘armasi 500 mln so‘mni tashkil etadi.

Musobaqa “Shafran” dam olish maskanida o‘tkaziladi. U 11 turdan iborat bo‘lib, aylana tizimi asosida o‘ynaladi.

Har bir partiya uchun 90 daqiqa ajratiladi, har bir yurishga esa 30 soniya qo‘shiladi.

Mukofotlar erkak va ayol shaxmatchilar o‘rtasida alohida taqsimlanadi. Musobaqada ishtirok etish huquqiga ega shaxmatchilar 1 dekabrgacha O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Manba: Daryo

Mavzuga oid