Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Texnologiya Bugun, 12:07 1 marta oʻqildi

Suzuvchi elektr stansiyalari vodorodli yoqilg‘iga moslashtiriladi

Karpowership va Seatrium kompaniyalari Turkiya kompaniyasiga tegishli beshta suzuvchi elektr stansiyasini qayta jihozlash bo‘yicha shartnoma imzoladi. Kemalar turli yoqilg‘ilar, jumladan vodorod aralashmalarida ishlashga moslashtiriladi.

Shartnoma Whale Class turkumidagi beshta kemani qayta jihozlashni nazarda tutadi. Yangi uskunalar o‘rnatilib, ular yagona tizimga birlashtiriladi. Loyihalash ishlari allaqachon boshlangan.

Birinchi kema 2027-yil dekabrda Singapurdagi Seatrium zavodiga yetib kelishi rejalashtirilgan. U yerda energetika uskunalari o‘rnatiladi, mexanik tizimlar yakunlanadi va dastlabki sinovlar o‘tkaziladi.

Har bir kema 600 megavattgacha quvvatga ega, beshtasining umumiy quvvati 3 gigavattgacha yetishi mumkin. Bitta kema isteʼmol darajasiga qarab yuz minglab xonadonni elektr bilan ta’minlay oladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, stansiya manzilga yetganidan keyin 30 kun ichida ishga tushishi mumkin.

Kemalar an’anaviy kema yoqilg‘isi, tabiiy gaz va vodorod aralashmalarida ishlashga moslashtiriladi. Bu yondashuv kema korpusini qayta qurmasdan yoqilg‘i turini o‘zgartirish imkonini beradi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid