Oyga qoʻnish uchun tanlangan birinchi manzil Yerdan koʻrinmaydi
Olimlar Oyga astronavtlarni yuborish uchun ilmiy jihatdan eng istiqbolli tort hududni tavsiya qildi. Ro'yxatning birinchi o'rnini Oyning Yerdan ko'rinmaydigan tomonidagi Bxabxa krateri egalladi.
Tavsiyalar NASA buyurtmasi asosida AQSHning Fanlar, muhandislik va tibbiyot milliy akademiyalari tayyorlagan hisobotda berilgan. Mutaxassislar Oyning qutblaridan tashqarida joylashgan tort manzilni tanlab, ularda qisqa muddatli ekspeditsiyalar davomida qanday tadqiqotlar o'tkazish mumkinligini baholagan. Har bir ekspeditsiyada ikki astronavt ishtirok etishi va sirtga bir necha marta chiqishi nazarda tutilgan.
Bxabxa krateri Oyning Yerdan ko'rinmaydigan tomonida, Janubiy qutbdagi Eytken havzasi ichida joylashgan. Krater atrofidagi tog' jinslarini o'rganish Oy qobig'ining shakllanish tarixini aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, Oy tanasi bu yerni Yerdagi radiotransmitterlardan chiqadigan xalaqitlardan himoya qiladi, shu sababli u yerda radioteleskop o'rnatish koinotning dastlabki yulduzlar paydo bo'lishigacha bo'lgan davrini o'rganishga imkon berishi mumkin.
Ikkinchi o'rinda 1971-yilda «Apollon-15» ekspeditsiyasi ishlagan Hadli tog'i atrofi, o'ringa uchinchi o'rinda Orientale havzasi va to'rtinchi o'rinda Aristarx platosi turadi. Hadli hududida qolgan texnika va materiallarni, Orientale'da esa qadimgi zarba jinslarini va gravitatsion to'lqinlarni kuzatish observatoriyasini o'rganish taklif etilgan. Aristarx platosida esa qadimgi vulqon shishalaridagi suv izlarini tekshirish rejalashtirilgan. Aloqa uchun retranslyator yo'ldoshlar kerak bo'ladi.
Manba: Kun.uz